Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilinishicha, 16-17 mayda O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, momaqaldiroq va yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shamol tezligi 15-20 m/c gacha kuchayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda havo harorati kechasi 17-22 va kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida havo harorati kechasi 15-20 va kunduzi 27-32 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 17-22 daraja va kunduzi 27-32 darajagacha pasayadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi 17-22 daraja va kunduzi 27-32 darajani tashkil etadi,deb yozadi uz24.uz