Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi ayol, eri bilan til biriktirib, o‘z singlisini fohisha sifatida Tailandga sotib yubordi. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslangan holda kun.uz xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol o‘zining eridan ajrashgan singlisiga Turkiyada yaxshi ish borligini aytib, uni Toshkentdan qo‘liga 1000 dollar berib uchirib yuborgan.
Gazetada qayd etilishicha, singil Turkiyaga ketayapman deb samolyotga chiqib, Tailandga borib tushgan va u yerda uch yil ishlab, xastalanib, qo‘lida 500 dollar bilan Samarqandga qaytgan.
Qayd etishlaricha, o‘z singlisini fohisha sifatida sotib yuborgan ayol va uning eri ayblarini tan olgan va jazoga tortilgan