O‘h-ho‘! Xitoy koronavirusdan tuzalish narxini aytdi
Xitoyda bitta bemorni koronavirus bilan davolashning o‘rtacha narxi taxminan 21,5 ming yuanni (3 ming dollardan ortiq), og‘ir kasal bo‘lgan bemorni davolash 150 ming yuanni (21,3 ming dollardan ortiq) tashkil etadi, deydi Xitoy Xalq Respublikasi tibbiy xizmatlarini boshqarish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xiong Xianjun. "6 aprel holatiga ko‘ra, koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorni davolash qiymati o‘rtacha hisobda 21,5 ming yuanga yetdi. Hozirgi kunda bitta og‘ir ahvoldagi bemorni koronavirus bilan davolash qiymati 150 ming yuandan oshadi. O‘ta og‘ir bemorlarni davolash bir necha yuz ming yuanga yetadi, ba’zan esa 1 million yuandan ko‘proq ", dedi Xiong Xianjun. Shuningdek, u 6 apreldan boshlab mamlakatning barcha hududlarida virusga chalingan bemorlarni va shubha ostidagi kishilarni tekshirish hamda davolash uchun ketgan umumiy xarajatlar 1,48 milliard yuandan (211 million dollar) ortiq ekanligini, tibbiy sug‘urta 990 AQSh dollari miqdoridagi xarajatlarni qoplashini ta’kidladi. Shunga qaramay, sug‘urta pulini kim va qachon olishi hozircha aniq emas.