O‘tgan oyning so‘nggi kunlarida chet el ommaviy axborot vositalarida Nikolas Keyjning rafiqasi Elis Kim bilan ajrashayotgani haqidagi xabarlar tarqalib ketgandi. Yodingizda bo‘lsa, biz e’tiboringizga juftlikning ajrashayotgani va ajrimga sabab bo‘layotgan omillar haqida ma’lumot bergandik.
Kecha, 18 iyul kuni OAVda Nikolasning ajrimdan keyingi muhabbati borasidagi yangi xabarlar tarqaldi. Aktyor bu safar ham hayotini xuddi Elisga o‘xshab ketadigan ayol bilan bog‘lamoqchiga o‘xshaydi. Chunki bu aktrisa ham Elis kabi kimonoda edi.
Bir necha kun avval, Nikolasni “Millat xazinasi” filmida rol ijro etgan aktrisa bilan ko‘rishgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, aktyor yonidagi ayol bilan o‘zini ancha bamaylixotir tutgan. Tashqaridan qaraganda, ular o‘rtasida muhabbat borligini taxmin qilish ham mumkin. Har xolda Gollivud olamini muttasil yorituvchi OAVlar buni ishonch bilan aytishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas Keyj 11 yillik turmushdan Elis Kim bilan so‘ng ajrashdi. OAVning yozishicha, ajrimga Elisning hiyonati sabab bo‘lgan. Ustiga-ustak Elisning onasi qizining oilasiga burun suqqan.
“Elis noma’lum erkak bilan uchrashayotgandi. Ularni Nevadada ko‘rishgan. Aktyorga bu haqda uning biznes-loyihalarini boshqaradigan do‘sti xabar bergan. Shundan so‘ng, Keyj rafiqasini hammasini uzul-kesil hal qilib olishga chaqirgan. Ayni suhbatda Elis Keyjga hiyonat qilganini tan olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Elisning xushtori bilan munosabatlari ancha avval boshlangan. Nik Kann festivali bilan ovora bo‘lib yurgan bir vaqtda rafiqasi uni aldaydi va hiyonat ko‘chasiga yuradi. Buni eshitgan Nik o‘zini yo‘qotib qo‘ydi va u bilan ajrashishga qaror qildi”, deyiladi OAVda.
Aktyor ajrim to‘g‘risidagi xabarlarga oydinlik kiritish istagida “The Gardian” nashriga bergan intervyusida jurnalistning shaxsiy hayot va ajrashish borasidagi savoliga qo‘yidagicha javob bergandi:
“Ba’zida hayotdagi nuqtalarning bir-biri bilan qanday uchrashishi kishining o‘ziga bog‘liq bo‘ladigan pallalar bo‘ladi. Biz bu ishni bir-birimizni sevganimiz uchun qilgandik. Men boshqa millat va madaniyatga ega bo‘lgan insonga uylanishga qat’iy qaror qildim va bu juda qiziq edi”.