Nikolas Keyj aktyorlik karerasiga nuqta qo‘yishini e’lon qildi
Nikolas Keyj aktyorlik karerasiga nuqta qo‘yishini e’lon qildi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Endilikda aktyor o‘zini rejissyorlik kursida sinab ko‘rmoqchi.
“Uzog‘i bilan 3-4 yil filmlarda suratga tushib, u yog‘iga o‘zimni rejissyorlikka bag‘ishlayman”, – deya tushuntirish berdi Keyj.
Nikolas Keyjning rejissyorligi ostidagi yagona film – “Jigolo” 2002 yili katta ekranlarga chiqarilgan.
54 yoshli aktyor shu kungacha 80 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U asosan “Yuzsiz”, “Qoya”, “Farishtalar shahri”, “Millat xazinasi”, “Bashoratgo‘y” kabi kinokartinalar orqali mashhurdir.