Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘tayotgan yil yakunlarini e’lon qildi. Mazkur hisobotda eng ommalashgan fotosuratlar, shaharlar, diqqatga sazovor maskanlar, xeshteg va emodzilar keltirilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Instagram’ da eng ko‘p “layk” yiqqan fotosurat Kim Kardashyanning singlisi Kendall Jenner tasviri bo‘ldi. Foto 3,2 milliondan ziyod “layk” to‘plagan. Teylor Svift akkauntidan o‘rin olgan ikki surat ham yuqori beshlikka kirdi.
Eng mashhur shahar sifatida Nyu-York e’tirof etildi, keyingi o‘rinlarda Parij, London va Moskva qayd etildi. Diqqatga sazovor joylar ro‘yxatida Eyfel minorasi, Luvr va Qizil maydon peshqadamlik qilmoqda. Dunyo bo‘yicha yilning eng ommalashgan xeshtegi #love, emodzi esa yurak ramzi bo‘ldi.
Sentabr oyida Instagram foydalanuvchilari soni 400 milliondan oshdi, oktabrda esa ijtimoiy tarmoq besh yilligini nishonladi.