“Nasaf” murabbiyi: “Safarda durang biz uchun qoniqarli bo‘ldi”
“Al Ahli” – “Nasaf” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakunlangach, har ikkala klub bosh murabbiylari OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi, deya xabar bermoqda “ajdarlar” rasmiy tvitteriga asoslanib “Uff.uz”.
“O‘yin og‘ir bo‘ldi. Ko‘proq qismini himoyada o‘tkazdik. O‘yinda taktikamiz ko‘proq himoyalanish edi, – dedi “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev. – Kuchli raqib bilan ochiq futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Ustunlik ularda bo‘ldi. Bizdayam imkoniyat bo‘ldi. Kuchli raqib maydonida durang o‘ynash biz uchun qoniqarli deb aytish mumkin.
Ikkala jamoadayam imkoniyat bo‘ldi. Durangni omadga bog‘lash kerak emas. Biz yaxshi himoyalana oldik. Natijadan qoniqdik. Qo‘shimcha sifatida aytish mumkin: guruhda barcha jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Maqsadimiz keyingi bosqiga chiqish. Bu oson bo‘lmaydi. Chunki raqiblarimiz judayam kuchli.
Qarshidagi bahsda hujumkor o‘ynaymiz. Bugun o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Ob-havo ham anchagina issiq edi”.