«Lokomotiv» hamda «Nasaf» klublari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichining javob uchrashuvidan o‘rin olgan bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 1:0 hisobi qayd etilib, toshkentliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Marat Bikmaev tomonidan ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida kiritlgan yagona gol, yakunda Vadim Abramov shogirdlariga g‘alabani taqdim etdi.
Biroq, dastlabki o‘yinda «Nasaf» futbolchilari «Loko»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganlari sababli, aynan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aynan qarshiliklar keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
O‘zbekiston kubogi. Yarim final
Javob uchrashuvi
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi) 1:0
Gol: 1:0 – 48 Marat Bikmaev,
“Lokomotiv”: 12.Ma’mur Ikromov, 20.Islom To‘xtaxo‘jaev, 31.Nemanya Yanichich, 17.Salim Mustafoyev, 18.Timur Kapadze (s), 22.Sanjar Shoahmedov, 16.Jasur Hasanov (kichik), 28.Ikrom Aliboyev, 9.Dilshod Rahmatullaev, 8.Sardor Mirzaev, 10.Marat Bikmaev.
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom Shomurodov, 17.Artur Gevorkyan(s), 22.Shohruh Gadoyev, 20.Erkin Boydullaev, 23.Sherzod A’zamov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Odil Hamrobekov, 34.Farruh Sayfiev, 41.Azamat Allaniyozov.
Dastlabki uchrashuv: 0:2