Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Mutatsiya koronavirusni yanada yuqumli qilishi mumkinmi?

Hozirda butun dunyoga tahdid solayotgan koronavirus Xitoyda paydo bo‘lgan ilk holatidan biroz farq qiladi. Rasmiy nomi Sars-Cov-2 deb nomlangan virus endilikda mutatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda.

Shu o‘rinda juda muhim bir savol o‘rtaga chiqadi. Xo‘sh, mutatsiya jarayonlari virusni yanada yuqumliroq va yanada halokatliroq holga keltirishi, yaratilishi kutilayotgan vaksinalarning muvaffaqiyatiga tahdid solishi mumkinmi?
Aslida, koronavirus gripp kabi viruslarga nisbatan juda sekin o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Aholida immunitet darajasi pastligi, vaksinalar va samarali davolash usullari mavjud emasligi bois hozircha virusning oldida moslashish zaruriyati mavjud emas. Ya’ni hozirgi holati bilan ham u muomalada qolishi mumkin.
Uhanda boshlangan epidemiyadan bir muncha vaqt o‘tgach, katta ehtimol bilan Italiyada virusning inson hujayrasiga kirib borish uchun ishlatadigan «tikon»laridagi oqsilda D614G deb nomlangan muhim bir mutatsiya paydo bo‘ldi. Endilikda bu holat dunyoga tarqalgan virus namunalarining 97 foizida kuzatilmoqda.
Evolyusiyaviy ustunlik
Asosiy masala ushbu mutatsiya jarayonining virusga ustunlik berishi yoki bermasligidir.
Viruslarda bunday katta rejalar yo‘q. Ular doimo mutatsiyaga uchrab turadi. Bu ularning ko‘payishiga yordam beradi. Ba’zi bir mutatsiya jarayonlari esa ularning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Ayrim o‘zgarishlar esa hech qanday jiddiy ta’sirga ega bo‘lmaydi. UCL doktori Lyusi van Dormp virusning o‘zini o‘zi ko‘paytirishini qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish sifatida tavsiflaydi. Uning fikricha, joriy mutatsiya keng tarqalishining asosiy sababi uning epidemiyaning boshlang‘ich nuqtasida paydo bo‘lgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq bu qarash tobora ziddiyatli tus olib bormoqda.
Sheffild universiteti doktori Tushan da Silva kabi virusologlarning aksariyati virusning ushbu turi avvalgi turidan ko‘ra evolyusion afzalliklarga ega, deb aytishga hali erta ekanini ta’kidlamoqda.
Da Silvaning aytishicha, virusni «yanada yuqumliroq» deyish uchun hali barvaqt, ammo u «ta’sir o‘tkazuvchi» ekani aniq.
Florida shtatidagi Skripps universiteti professori Heryun Cho va Maykl Farzanning ta’kidlashicha, laboratoriya sharoitida mutatsiyaga uchragan virus o‘zgarishga uchramagan virusdan ko‘ra hujayralarga kirishga «usta» bo‘ladi. Tikan oqsilidagi o‘zgarishlar virusning hujayraga yaxshiroq yopishishiga va unga faol ta’sir o‘tkazishiga imkon beradi.
Professor Farzan viruslardagi tikan oqsili ularning yanada yuqumli bo‘lishiga yordam berishini, ammo bu faraz hali isbotlanmaganini aytmoqda.
Laboratoriya natijalari
Nyu-York universitetidagi gen texnologiyalari markazida gen almashtirish texnologiyasi Crispr ustida tadqiqotlar olib borgan professor Nevill Sanjana jamoasi tomonidan virusning oqsil «tikani»dagi mutatsiyasi yaratildi va u odamning to‘qima hujayralarida Uhanda tarqalgan virus bilan taqqoslab ko‘rildi. Sanjana o‘z tadqiqotlariga asoslanib, laboratoriya muhitida mutatsiyaga uchragan virus asl virusga qaraganda yuqumliroq bo‘lishini aytdi. Doktor Farzan ham mutatsiyaga uchragan viruslarning tarqalish sur’ati kuchliroq, degan fikrni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Laboratoriya muhitidan tashqarida mutatsiyaga uchragan viruslarning odamlarga yuqish ehtimoli yuqori ekanini ko‘rsatuvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri dalillar mavjud. Masalan, o‘tkazilgan ikki tadqiqotda mutatsiyaga uchragan virus bilan og‘rigan bemorlarda virus yuki ko‘proq ekanligi aniqlandi. Bu esa ularning yuqori yuqumlilik xususiyatiga egaligini ko‘rsatadi. Biroq mutatsiyaga uchragan virusga chalinganlarning kasallikni og‘ir kechirishi yoki kasalxonada uzoqroq qolib ketishi haqida biror dalil mavjud emas.
Umuman olganda, virusning nisbatan yuqumliroq bo‘lishi uning ko‘proq o‘limga sabab bo‘lishini anglatmaydi. Aslida buning aksi. Koronavirusning kasallikni yengilroq yoki og‘irroq o‘tkazishga sabab bo‘ladigan darajada mutatsiyaga uchragani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Qolaversa, virusning yuki ham uning odamga qanday yuqqaniga ishora qiluvchi ko‘rsatkichdir.
Mutatsiya epidemiyaning o‘ziga aylandi
Umumiy aholi olib qaralganda virusning ko‘proq yoki kamroq yuqumlilik ko‘rsatkichiga ega bo‘lishini aniqlash juda qiyin. Biroq mutaxassislar mutatsiyaga uchragan virusning nafaqat Xitoyda, balki dunyoning barcha nuqtalarida asl nusxaga qaraganda odamdan odamga yuqish ko‘rsatkichi yuqori ekanini aytmoqdalar. Hatto har ikki tur, ya’ni mutatsiyaga uchragan va mutatsiyaga uchramagan virus tarqalgan hududlarda ham o‘zgarishga uchragan virus ustunlik qilmoqda.
Aslida, koronavirusning D614G namunasi dunyo bo‘ylab shu darajada keng miqyosda tarqaldiki, oxir-oqibat u butun boshli epidemiyaning o‘ziga aylandi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda yaratilishi kutilayotgan vaksinalarning aksariyati virus «tikani»ning boshqa qismiga yo‘naltirilgan. Bu esa mutatsiyaning joriy tadqiqotlarga ta’sir o‘tkazmasligini anglatadi. Yangi turdagi virus antitanalarga nisbatan sezuvchan ekani haqidagi ba’zi dalillar ham mavjud.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3814 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yanada yuqumli, qilishi mumkinmi, Mutatsiya, Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное