Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonov oila qurgani ma’lum bo‘ldi


Avvalroq, O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullaev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayevaning qizi – aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida xabar bergan edik.

Bugungacha yangi oilasi va turmush o‘rtog‘ini sir tutib kelgan Muqaddas Sa’dullayeva va nihoyat tarqalgan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. Instagram’da ma’lum qilishicha, aktrisa aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan. Ular oila qurganini bir yilga yaqin vaqt davomida sir saqlab kelishgan.

"Yaratganga Hamdu sanolar bo‘lsin, mana shu chiroyli baxtimizga baxt qo‘shgan kun ham keldi. Xonadonimizga sal kam 1 yillik shirin turmushimizning, muhabbatimizning mevasi Abubakr Siddiq kuni kecha ilk bor yangi mehmon bo‘lib keldilar! Baxtni ko‘z-ko‘z qilish yaxshilikka olib kelmasligini hayotiy tajribamda, yaqinlarimda ko‘p guvohi bo‘lganman. Shuning uchun ham chiroyli turmushimiz hech kimning nazarida bo‘lishni istamadik, shu kungacha tinch-totuv yashab kelyapmiz, lekin oxirgi kunlar xaqiqat astalik bilan ochilib, g‘alamis, qalbi qora insonlarning quroliga aylanib, har xil tuhmat, bo‘htonlar bilan oilamiz shaniga xunuk gaplar gullay boshladi. Shuning uchun bugun oxiri baxtimni faqatgina yaxshilar, qalbi toza insonlar bilan bo‘lishishni istadim.

Men Baxtliman qaynonam oyijonimdek, turmush o‘rtog‘imdek qalbi toza, mexribon, insofli diyonatli insonlar hozirda juda kam. Oilada baxtning kalitini esa iymonli turmush o‘rtog‘iga, har qanday vaziyatda ham itoatli bo‘lishda, deb bilaman!”, deb yozadi Muqaddas Sa’dullayeva.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali Mamajonovgacha ikki marta turmush qurgan. Ikkinchi turmushidan esa bir qizi bor edi. Yigitali Mamajonov ham avvaliga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyev bilan turmush qurdi. Ular ikki o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. Keyinroq, qozog‘istonlik qiz bilan turmush qurgani va qiz farzand ko‘rgani oydinlashdi. Bu munosabatlar ham uzoqqa bormadi. Muqaddas Sa’dullayeva bu haqida gapirarkan, yangi oila boshqalarning turmushini buzish evaziga bunyod bo‘lmaganini aytadi.

“Aytib o‘tishim lozimki, biz hech kimning oilasini buzib turmush qurganimiz yo‘q, baxtini ham tortib olganimiz yo‘q. Biz faqatgina Yaratgan buyurgan yo‘lda, dunyoqarashlarimiz to‘g‘ri kelib, qalblarimizni hamda hayotimizni tutashtirdik, xolos! Barcha-barcha yaxshilarga faqatgina baxtni, yaxshiliklarni tilab qolaman! Azizlar, insonlarga qo‘lingizdan kelsa yaxshilik qiling, yaxshilik qilish kelmasa, yomonlik ham qilmang. Yaxshilik qilolmagan insoningizga hech bo‘lmasa yomonlik qilmaslik imkoniyatingiz bor. Insondan faqatgina dunyoda yaxshilik qoladi!”.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 21256 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Muqaddas Sa’dullayeva, Yigitali Mamajonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное