Muqaddas Sa’dullayeva: “Ota-Onamniki singari Muhabbat menga nasib qilmadi”
“Ko‘pchilik ota-onamning bir-biriga bo‘lgan munosabatiga havas bilan qaraydi. Ularning ajoyib sevgi tarixi bor”,—deydi aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida.
“Yoshligimdan kelgusidagi hayotim ota-onamnikiga, turmush o‘rtog‘im otamga o‘xshashini niyat qilardim. Ammo menga ularniki kabi muhabbat nasib etmadi. Balki vaqt o‘tishi bilan bunga ham sazovor bo‘larman. Lekin men erishgan eng katta baxt—bu mening farzandim. Uning kulgusini eshitganda, qiliqlarini ko‘rganda o‘zimni eng baxtli ayol deb hisoblayman. Yana qaytarib aytamanki, mening eng katta baxti—bu ota-onam va qizalog‘imdir”.
Ma’lumot uchun, aktrisa yaqinda “Qizlarning jahli chiqdi” filmi va “Vijdon azobi” serialida rol ijro etdi.