Muqaddas Sa’dullayeva qizining tug‘ilgan kunini hamkasb dugonalari bilan nishonladi
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva qizi Sa’diyaning tug‘ilgan kuniga bir qancha san’atkor hamkasblari va ularning farzandlarini taklif qildi. Tug‘ilgan kunga aktrisa Sevara Soliyev, xonandalar Madina Mumtoz, Ruhshonalar farzandlari bilan kelishdi.
“Bugun hayotimda Olloh tomonidan berilgan mo‘jizaviy, til bilan ta’riflab bo‘lmaydigan haqiqiy baxt nima ekanligini his etgan kunimga 1 yil bo‘libdi.
Bugun ko‘zimning oqu-qorasi Sa’diya qizim 1 yoshga kirdi. Ollohga hamdu-sanolar bo‘lsin, shunday ulkan baxtni menga bergani uchun! Sa’diya meni baxtim, meni dunyoim, hayotimni mazmuni!”,—deb yozdi aktrisa o‘zining Instagram`dagi sahifasida.