Munisa Rizayeva Jasur Umirov bilan nega janjallashgandi?
Bir qarashda hamjihat va inoq ko‘ringan o‘zbek estrada dunyosiga yaqinroq borib nazar tashlasak, u yerda ham urush-janjallar ko‘pligiga guvoh bo‘lamiz...
Misol uchun Munisa Rizayeva, hamkasbi Jasur Umirov bilan umuman gaplashmaydi. Bundan bir necha yil ilgari ular qattiq janjallashib qolgani haqida Munisaning o‘zi gapirib berdi.
Munisa Rizayeva: — Jasurning xarakterini umuman hazm qilolmayman. Vaqtida, u cababsiz oilamni haqorat qilgan, singlimga qo‘pollik qilgan. “Mashhurman, istagan ishni qilsam bo‘ladi”, deb o‘ylaydi, shekilli. Lekin u muxlislari uchun “yulduz”, men uchun emas!