Misrning sobiq prezidenti 20 yillik qamoqqa hukm qilindi
Misr sudi mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va uning 12 tarafdoriga 20 yildan qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda Reyter xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Mursiyda ham, uning “Musulmon birodarlar” tashkiloti a’zolari bo‘lgan tarafdorlarida ham garov evaziga ozod qilinish huquqi mavjud emas.
Sobiq davllat rahbari va uning tarafdorlari 2012 yilning dekabrida prezident qarorgohida namoyish o‘tkazganlardan 6 nafarining o‘ldirilishida ayblangan.
Sud qaroridan appelyatsiya qilish mumkinligi aytilgan.
Biroz oldinroq, bu mahkumlarga nisbatan o‘lim jazosi berilishi kutilayotgan edi.