“Manchester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Jeyms Millner faoliyatini “Liverpul” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.
Millnerning “shaharliklar” bilan shartnomasi yaqinda o‘z nihoyasiga yetadi. Ayni paytda “Liverpul” va “Arsenal” mutasaddilari uni o‘z jamoasi tarkibida ko‘rishni xohlamoqda. Ammo Millnerga “Liverpul” tarkibida to‘p surish ma’qul tushgani aytilmoqda. Negaki, jamoa Chempionlar Ligasida ishtirok etmasligiga qaramay, unda Millner muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘la oladi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Liverpul” futbolchiga haftasiga 100 ming funt sterling maosh to‘lashga tayyor.