“Liverpul” Chempionlar Ligasida 11 yil avvalgi natijasini takrorladi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida “Liverpul” safarda “Zalsburg”ga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Qizillar” safidagi gollarga Nabi Keyta hamda Muhammad Saloh mualliflik qildi. Qayd etish joiz, “Liverpul” joriy mavsum musobaqa doirasida ketma-ket ikkita safar o‘yinida g‘alaba qozondi. Jamoa 3-turda “Genk”ni 4:1 hisobida taslim qilgandi.
Bu esa “Liverpul” bilan Chempionlar Ligasida 2008-yildan beri ilk bor sodir bo‘ldi. O‘shanda “qizillar” Rafa Benites qo‘l ostida bunday natijasni qayd etgandi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” o‘z guruhida 13 ochko to‘plagan holda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.