Microsoft vise-prezidenti Apple kompaniyasi mahsulotidan foydalayotgani ma’lum bo‘ldi.
Microsoft va Apple kompaniyalari o‘rtasidagi raqobat necha yillardan beri davom etib keladi. Ular faqat o‘z kompaniyalarida ishlab chiqarilgan texnik vositalardan foydalanishadi. Microsoft kompaniyasi vise-prezidenti Jo Belfiore o‘zining Twitter’dagi sahifasida tasodifan o‘z uyali aloqa telefoni – Apple kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan smartfon yordamida suratga olingan tasvirni joyladi. Bu esa sezgir va e’tiborli internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” nashri xabar beradi.
25 yildan beri Microsoft kompaniyasida faoliyat yuritayotgan va Windows Phone smartfonlari ustida ish olib borayotgan Jo Belfiore uchun kechirilmas holat. U o‘z kompaniyasining mahsuloti qolib, Iphone ishlatayotgani fosh bo‘ldi.
Endilikda, Twitter foydalanuvchilari Joni qanday jazo kutayotgani haqida turli taxminlarni o‘ylab topishmoqda. Ularning noroziligiga qarshi Jo Belfiore aybini tan olmagan holda, u ishlaydigan kompaniya bilan raqobatdosh kompaniya mahsulotlaridan ham habardor bo‘lish istagida Apple’ning qo‘l telefonini ishlatayotganini aytgan.