Britaniyalik Sonya Todd amerikalik taniqli xonanda Maykl Jekson ko‘rinishidagi ulkan tort tayyorladi. Tort balandligi 2,1 metrni tashkil etadi.
Shimoliy Yorkshirda iste’qomat qiluvchi ayol tortni tayyorlash uchun nonushta mahsuloti bo‘lgan Rice Crispies, shokolad va glazurdan foydalandi. Shirinlikni tayyorlash uchun besh hafta vaqt sarflandi.
Haykalsimon tort britaniyalik ayolga Birminhemdagi Cake International tanlovida bronza medalini hadya etdi. Endilikda tort xayriya uchun sotuvga qo‘yiladi.
“Men Maykl Jeksonni va tortlarni bezashni yazshi ko‘raman”, - deya ta’kidladi Todd.