Mavluda Asalxo‘jayeva boshqa shaharga “ko‘chib o‘tdi”
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva boshqa shaharga “ko‘chib o‘tdi”. Bu haqda xonanda o‘zining yangi qo‘shig‘i orqali xabar qilmoqda.
“Sevgining shahriga ko‘chib o‘tdim man kecha, sevishganlari ham turlicha”, deb kuylayotgan Asalxo‘jayevaning navbatdagi qo‘shig‘i biroz hazilomuz. Xonanda sho‘x qo‘shiqlarni yaratish borasida boshqa san’atkorlarga qaraganda birinchi o‘rinlarda boradi. Uning navbatdagi qo‘shig‘i ham raqsbop.
Mavluda Asalxo‘jayevaning navbatdagi qo‘shig‘i mualliflari ham uning doimiy hamkorlariga aylanishga ulgurgan Bahodir Nizomov va Umidjon Obidov. Bugunning o‘zida Asalxo‘jayevaning “Sevgi shahri” nomli qo‘shig‘iga klip ham taqdim etilmoqda. Klipni iste’dodli rejissyor Sherzod Umarov suratga olgan.