Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Merlin-Soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Titanik-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Qaqnus - Soundteck (korea)
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Mashhur turk yulduzi Murat Yildirim haqida siz bilmaganlar…


Murat Yildirim mashhur turk aktyorlaridan biri. Uni o'zbek tomoshabini «Osiyo» serialidagi ishtirokidan so'ng tanidi. Keyinroq Murat Yildirim o'zbek filmida ham rol ijro etdi. Quyida aktyor haqidagi eng qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etamiz.Men Mardindanman, lekin Konyada tug'ilganman. Butun bolaligimni qishloqda o'tkazdim. Onam — uy bekasi, otam esa o'qituvchi edi. Men do'stlarimdan nihoyatda farq qilardim. O'qituvchining o'g'li bo'lganim uchun ular sirimizni dadasiga aytib beradi, deb o'ylashardi.

«Qrimlik. Qo'rqinchli yillar» filmini ikkita joyda suratga olganmiz. Suratga olish ishlari dekabrda boshlandi, juda sovuq edi. Ba'zi kadrlarni bir necha marta suratga oldik, ayniqsa, mushtlashuv sahnalarini. Chengiz Dagchining romanini o'qib chiqdim va qahramonim Sodiqni juda yaxshi ko'rib qoldim. Keyin Sodiq haqida ko'proq bilishga qaror qilib, uning tarjimai holini o'qidim. Aslida, Sodiq hamisha qahramon bo'lishni orzu qilgan. Hammaga bu filmni ko'rishni maslahat beraman.

Men Istanbulga 18 yoshimda kelganman. Ilk 2-3 yil aktyorlikka umuman qiziqmadim, chunki bu menga qiziq emasdi. Keyin do'stim Volkanning teatriga borib qoldim, uning ijrosi meni shu qadar jalb qildiki, o'zim ham aktyor bo'lishga qaror qildim.

Odamning farishtaga aylanadigan paytlari bo'ladi, shuningdek, maxluqqa aylanadigan paytlari ham. Ana shu insoniylik imtihoni deyiladi.

Ssenariyimni o'g'irlashgan paytlari bo'ldi. Yozishni juda yaxshi ko'raman, bir gal taxminan 20 sahifali ssenariy yozdim. Uni tanishimga o'qishga berdim. Keyin qarasam, ssenariyimdan film ishlashibdi. O'sha odamning ismini aytmayman. Nima bo'lganda ham, u o'g'irlangan ish edi.

Men uchun teatr, kino hamda serial — barchasi aktyorlik.

Parhez qilaman demayman, ammo sog'lom taomlarni tanovul qilaman.

Yangi taomlarni iste'mol qilaman. Ko'pincha yangi sabzavotlarni. Sport bilan shug'ullanaman, ko'pincha boks bilan.

Davlat — men uchun hamma narsa. Usmoniylar ham, Fotihlar ham, turklar ham — barchasi bizniki. Bu ajdodlarimiz va davlatimiz tarixi. Ajdodlarimiz bizga hozir biz tinch yashayotgan yerni tuhfa qilishgan.

Bolalik haqida gapirishganda, men doim qishlog'imizga kuniga ikki marta keladigan avtobusni eslayman. Men doim uning kelishini sabrsizlik bilan kutardim. Telba Ibrohim degan yigit bor edi, uni shunday atashardi. U doim avtobus kelishidan avval yetib kelardi, men esa doim tog'am, xolam, qarindoshlarimning kelishini kutardim. Bu men uchun har kungi odat bo'lib qolgandi. Bu haqda Meral O'kayga gapirganimda, u menga o'zimning bironta romanimda aynan shu sahnadan foydalanishim kerakligini aytdi.

«Osiyo» serialidan so'ng tanildim. Keyin ekranlarga «Ishq va jazo» seriali chiqdi. U arab davlatlarida ommalashdi. Savash Baldar rolidan so'ng u yerda yanada tanildim. Arab davlatlariga ko'p boraman, tashriflarimning asosiy maqsadi — bolalarga yordam berish.

Yaqin do'stim bor, u adanalik. Ko'p yillardan beri do'stmiz. U shifokor bo'lib ishlaydi. Haligacha u bilan ko'rishib, gaplashib turamiz. U menga hamma narsani — do'stlikni, sevgini o'rgatdi. Aslida, men o'zimdan katta odamlar bilan o'tirishni va gaplashishni yaxshi ko'raman. Shogird bo'lish, yoshidan qat'i nazar, ajoyib. Do'stim men uchun bu dunyoda hamma narsa — do'st, aka, qalb va yurak.

Muqaddas yerlarda bo'ldim, buni o'z burchim deb bilaman. Ammo jurnalistlar hamma narsani bo'rttirib yuborishadi. Nima uchun aktyor Amerikada cherkovga borsa, bu haqda shunchalik yozishmaydi? Men borsam, nima bo'pti? Hech nima?! Men ham odamman, dinimizda yozilgan ishlarni qilishga haqim bor.

Har bir inson istagan ishini qilishga haqli deb o'ylayman. Masalan, men ziyoratga borishni istadim va bordim. Ba'zilar buni piar deyishlari, ba'zilar boshqacha atashlari mumkin, ammo ularning bunga haqi yo'q! Insonning qalbida nima borligini faqat o'zi va Yaratgan bilishi mumkin.

Uyda biz turk tilida gaplashamiz. Onam arab tilini juda yaxshi biladi, otam esa — kurdchani. Men imkon bo'lganda bu tillarni o'rganmaganimdan afsuslanaman.

Men tuyg'ularga va tasodifga ishonaman. Har bir inson his qilganini qilishi kerak.

Har bir inson o'z ishini sevib bajaradi. Men ham o'z ishimni sevib va chin dildan bajaraman.

Har kim aslidek ko'rinishi lozim. «Qadahning ichida nima borligi ertami-kechmi hammaga ayon bo'ladi», deyishadi-ku.

SEVINCh tayyorladi.



Manba:Hordiq.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4455 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mashhur turk yulduzi, haqida, siz bilmaganlar, Murat Yildirim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное