Mashhur prodyuser Barak Obamaning shimini yechishga harakat qildi
2015 yil san’at sohasiga hissa qo‘shganlarni taqdirlash tadbiri Vashingtondagi Oq Uyda bo‘lib o‘tdi, deya xabar bergan RIA Novosti.
Obama rejissyorning bo‘yniga medalni taqib qo‘ygach, Bruks go‘yoki uning shimini yechib olishga shaylangandek harakat qilgan. Eslatib o‘tamiz, Mel Bruks — amerikalik mashhur kinorejissyor, prodyuser va aktyor. U o‘zining kinoparodiyalari va film-farslari orqali yulduzlik shohsupasiga ko‘tarilgan. 1999 yilda o‘zining ilk rejissyorlik ishi — “Prodyuserlar” filmi ssenariysi uchun “Oskar” mukofotiga loyiq topilgan. Bruksning eng mashhur kartinalari orasida “Yosh Frankenshteyn”, “Fazoviy tuxumlar” (“Kosmicheskiye yaysa”); “Robin Gud: triko kiygan erkaklar”ni sanab o‘tish mumkin.