AQSh prezidenti Barak Obama Filadelfiyada o‘tkazilgan Demokratik partiyaning s’ezdida so‘zlagan nutqidan keyin rafiqasi Mishelga yana bir bora sevgi izhor qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Buni Barak Obama tvitterda “Ajoyib ayolning ajoyib nutqi”, deb izohladi. Davlat rahbari rafiqasi bilan faxrlanishini, bunday birinchi raqamli xonim bilan mamlakat ham faxrlanishi mumkinligini bildirib, “Seni sevaman, Mishel!” deb muhabbat izhor etgan.
Eslatib o‘tamiz, Demokratik partiya s’ezdida AQSh prezidentining rafiqasi sobiq davlat kotibi Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlab, uni davlat rahbarligiga eng loyiq inson deb ta’riflagan.