Argentinalik mashhur futbolchi Diego Maradona o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etgan. Bu haqda mamlakatning TN telekanali ma’lumot bergan. «Diego Maradona tibbiy xulosaga ko‘ra o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», - deyiladi telekanalda. Shuningdek, Maradonada «o‘tkir o‘pka shishi» rivojlanishi qayd etilgan. Jahon futbolida muhim o‘rin tutgan sportchi «Napoli» va «Barselona»ning yorqin yulduzi sanaladi. Shuningdek u Argentina termasiga ustozlik qilgan. Kuni kecha hayotdan ko‘z yumgan Maradona avvalroq, yurak operatsiyasinini ham o‘tkazgan edi.