“Majnun” premerasiga sanoqli kunlar qoldi. Shu kunlarda esa film saundtrekiga maxsus video-asar suratga olindi. Unda Shoxruxxonni ko‘zlari boylangan tarzda ko‘ramiz. Bu film rejissyoridan chiqqan g‘oya. Xon hayotidagi noodatiy holat. Axir, u qizlarni o‘ziga rom qiluvchi ko‘zlarini hali bekitmagan! Biroq, saundtrek videosini tomosha qilgach, boylangan ko‘zlar ma’nosini yanada chuqurroq anglaysiz! Keling, Xon ko‘zlarini nega bog‘langaniga esa muxlislar yechim topsin!
Jahongir Ahmedov “Majnun” voqealariga falsafiy yondoshganini film roliklaridan anglash qiyin emas. Shu falsafiylik saundtrk videosiga ham ko‘chgani yanada ahamiyatli.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotimizga muvofiq, Ahmedov 365 kun oldin “Majnun” bilan bog‘liq bir voqeani ilk bor ommaga oshkor etadi!
-Vaqt o‘tishini qarang. “Majnun” g‘oyasi bir yil oldin tug‘ildi. Va o‘sha kundan boshlab, g‘oyani amalga oshirishga kirishib ketdik. Aslida bu g‘oya tug‘ilishiga Shoxruxxon sababchi. Aniqrog‘i, u kuylagan “Majnun” qo‘shig‘i. Buyuk shoir Mashrab g‘azali bilan kuylangan bu qo‘shiqni tinglab, qalbimdagi yashirin tuyg‘ular jonlanib qoldi! Naqadar ta’sirchan qo‘shiq! Va unga hamohanglikda inson ruhiy olamini to‘lqinlantiruvchi film yaratish mumkin! Ha, ana shu “mumkin” mana shu kunlarda realikka aylandi. Qo‘shiq so‘zlariga e’tibor bering:
Oshiq bo‘ldim o‘zingga, ko‘rmay o‘lsam, netaman,
Boyaziddek o‘zimni kunda yuzming sotarman.
Munkar Nakir kelganda, lahad ichra yotarman,
Ko‘rsat yuzing o‘larman, manda toqat qolmadi.
Mehribonim qaydasan, jonda rohat qolmadi ...
O‘ylaymanki, tomoshabinlar nomi bir xil, ma’naviy ikki butun asardan yetarli ma’daniy huzurni olishadi: “Majnun” qo‘shig‘i va “Majnun” filmi! – deydi, hayajon bilan “Majnun” rejissyori!
7-martdan boshlab, sizda 365 kun va undan sal ko‘proq vaqt davomida yaratilgan “Majnun” filmiga o‘z bahongizni berish imkoni mavjud!
Jasur HAMROYEV
|