Juda ko‘pchilik ayni shu savol bilan murojaat qilmoqda. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev brifingda tushuntirish bergan edi.
Agar siz magistr.edu.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangizu, lekin ma’lum sabablarga ko‘ra, tanlagan mutaxassisligingiz yoki OTMni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, unda quyidagi usulni qo‘llashingiz kerak bo‘ladi:
1) ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan OTMga murojaat qilasiz; 2) OTM mas’ullari bazadan sizning arizangizni o‘chirishadi; 3) ana shundan so‘ng, siz yana qayta magistr.edu.uz portali orqali boshqa mutaxassislikni tanlashingiz mumkin bo‘ladi.
Iltimos, onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mutaxassislik tanlayotganda sal hushyorroq va e’tiborliroq bo‘ling, tavakkaliga yoki bee’tiborlik bilan tanlab, keyin o‘zingizni ham, o‘zgalarni ham ovora qilib qo‘ymang.