Xonanda Lola 21-23 noyabr kunlari “Istiqlol” san`at saroyida o`zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergandik.
Shu munosabat bilan xonandaning ko`rinishini keskin o`zgartirishmoqchi. Bu haqda Lola o`zining “Instagram”dagi sahifasida yozdi va bu borada folloverlardan maslahat so`radi:
“Mening uslubchi, dizayner va imijmeykerlarim qaychilarini qayrab, qalamlarini ochib bo`lajak konsert dasturimda sizni nima bilan hayratda qoldirish to`g`risida allaqachon bosh qotirishni boshlab yuborishdi. Jarayonga kirishish uchun ularning sabri chidamayapti. Qizlar maslahatingiz kerak! Meni qora tusga kiritishmoqchi! Bundan qorasi bo`lmaydi. Xo`sh, siz nima deysiz? hami yoki yo`q?
Aksariyat muxlislari bunday qilmaslikni tavsiya etishgan bo`lsa, yana ayrimlar tajriba qilishda davom etishni, Lolaning uslubchilari hech qachon pand bermasligini yozishgan.
Xonanda qanday to`xtamga kelishini esa konsert kunlari bilib olamiz.