Xonanda Lola 22 mart kuni “Darakchi”ning “Onlayn-Yulduz” loyihasida ishtirok etdi. Xonandaga muxlislari turli mavzulardagi savollar bilan murojaat qildi. Lola ularning deyarli barchasiga javob berdi.
Muxlislardan biri bir necha bor unga planshet sovg‘a qilishini so‘rab murojaat qildi. Xonanda Lola muxlisning bu so‘roviga quyidagicha javob berdi:
“Men planshetlarga qarshiman. Undan ko‘ra, sizga ko‘proq ochiq havoda piyoda yurib, sayr qilishni maslahat beraman”.
Savol yana bir marta takrorlanganida esa:
“Agar planshet olishni juda xohlayotgan bo‘lsangiz, unda ishlang va pul topib, o‘zingiz planshet sotib oling”,—deya javob berdi xonanda.