Lola Tojikistonga safari chog‘ida kutilmagan sovg‘a oldi
Xonanda Lola joriy yilning 5 oktyabridan Tojikiston shaharlariga ijodiy safar uyushtirdi.
Mazkur safar chog‘ida xonanda Tojikistonning 6 ta shaharida o‘zining 8 ta konsertini taqdim etdi.
O‘z safari davomida Lola kutilmagan sovg‘a olgani haqida so‘zlab berdi:
“Tayyorgarlikning so‘nggi daqiqalari... Ushbu ko‘ylakni men bugun, erta tongda sovg‘a tariqasida oldim. Men hayratda edim desam – mubolag‘a bo‘ladi, mendan o‘tgan hislar bundanda ortiq edi. Mening sevimli, g‘oyatda iste’dodli va shunchaki eng zo‘r dizayner Zulfiya Sulton mening gastrol safarimni bezamoqchi bo‘lib, men uchun ushbu go‘zallikni yaratdi. Bu kutilmagan va unutilmas sovg‘a bo‘ldi! Azizam, katta rahmat!”