Lisenziyasi olib qo‘yilganidan so‘ng telekanallarda kamnamo bo‘lib qolgan xonanda Lola Yo‘ldosheva “redpen.uz” saytiga bergan intervyusida shaxsiy hayoti, xususan turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi haqidagi savollarga javob berdi.
“Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimning sababi- ishim emas. Bu yerda boshqa shaxsiy sabablar mavjud. Qo‘shiqlar esa chalg‘ishning bir usuli edi. Turmush o‘rtog‘im bilan 2011 yilda ajrashganmiz. Hozirda ikkalamiz alohida, boshqa-boshqa oilalarda yashayotgan bo‘lsa-da, do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz. Farzandlarimizdan hech narsani yashirmaganmiz, ularning barcha savollariga javob berib, kattalarning fe’l-atvori bir-biriga to‘g‘ri kelmasa hayotda shunday vaziyatlar bo‘lib turishini tushuntirganmiz”, – deydi xonanda.
Lola, shuningdek kelajakda turmush o‘rtog‘i, ko‘p farzandlari, umuman olganganda, katta oilasi bo‘lishini orzu qilishini ham aytib o‘tgan.