Lola: kiyinishim kimgadir xalal berayotgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘rayman
Xonanda Lola Yo‘ldosheva shok.uz saytiga bergan intervyusida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamda muxlislaridan uzr so‘radi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Boshlovchining “Litsenziyangizni qaytarib olish uchun ‘O‘zbeknavo’dan kechirim so‘raganingiz rostmi?” degan savoliga Lola quyidagi javobni berdi:
“Ha, bu rost. Men nafaqat ‘O‘zbeknavo’dan balki, mening fotosuratlarim, harakatlarim, kiyimlarim, qo‘shiqlarimda tilga olinayotgan mavzular kimgadir noqulaylik tug‘dirayotgan yoki yashashiga xalaqit berayotgan, tunlari tinch uxlashiga imkon bermayotgan bo‘lsa, ularning barchasidan uzr so‘rashim mumkin”.
Hozirgi chiqvotgan yarim chala artisladan olsa oligi ortiq... kiyinishiga osilishmasayam bolardi... Xop buni tv.da hamma koradi narmalni kiyinsin dyshar ln kochadayam yopu kiyinib ochu kiyinvoganlani qolidan kemidgan bemani ishlani bemalol qlishadiyu... ulaniyam hamma koradiyu birini bomasa boshqa bittasini glavnisi hammani oziga insof bersin...