Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti Lola Karimova-Tillyayevaning xorijda qolayotganini yozib, uning ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratiga tayangan holda Fransiyada ekanini taxmin qilgan edik.
Bugun, 16 fevral kuni Lola Karimova-Tillyayevaning qaerdaligini aniqlash imkoni tug‘ildi. Jamoatchi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga surat joylashtirib, ayni damda AQShning Nevada shtati, Las-vegas shahrida ekanini ma’lum qilgan.
Surat ostiga esa "Bugun dunyo bo‘ylab ikki milliardga yaqin inson Xitoy oy taqvimi bo‘yicha Yangi yilni nishonlamoqda. Men esa ushbu nihoyatda go‘zal ko‘chada sayl qilar ekanman, barchaga baxt-saodat, sog‘lik va farovonlik tilayman", deya izoh qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, Lola Karimova 2017 yilning oktabr oyida AQShda yashayotganini ma’lum qilgan edi.