Xonanda Lola imidjini o‘zgartirdi. Aniqrog‘i, xonanda uzun sochlari bilan xayrlashdi. Bu haqda Lola o‘zining Instagram`dagi sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:
“Aytishlaricha, hayotini o‘zgartirishni istagan inson bu ishni soch turmagidan boshlashi kerak ekan. Buni siz ham o‘zingizda sinab ko‘ring! Hech narsadan, hech qachon qo‘rqmang. O‘zgarishlar har doim yaxshilikka bo‘ladi. Hayotni yanada jur’atliroq yashab o‘tishga ikkinchi imkon bo‘lmaydi, axir. O‘ylanib qoldingizmi? Amalga oshiring! Men sizga ishonaman!”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali barchani kechirimli bo‘lishga chorlagan edi.