Sharmandagarlik chegara bilmas ekan. Qani endi shou-biznes vakillariga tanqid kor qilsa?! Borgan sari avjiga chiqishyapti.
Masalan xonanda Lola Yo'ldosheva kuni kecha instagram sahifasiga turmush o'rtog'i bilan sohilda bir-biridan bo'sa olayotgani suratini joylashtirdi.
Mentalitetimizga ko'ra, tunda, bolalar uxlaganidan so'ng qilinadigan ish butun olamga namoyish etildi. Yana buning ustiga bu namoyishdan Lola zarracha xijolat tortayotgani yo'q. Buni uning rasm yoniga yozib qoldirgan izohidan ham bilib olish mumkin.
– Seving va sevilib yuring…
P/s: Ajoyib izoh, iliq so'zlar bilan oilamizga baxt tilayotganlarga katta rahmat! Menga qanday yashashni o'rgatmoqchi bo'layotgan, turmush o'rtog'idan bo'sa olmay, bolalarini laylak keltirib beradiganlarni esa bloklab qo'yaman.
Buni qarang! Xonanda bu bilan hamma ham bu ishni qiladi, axir bolalarni laylak olib kelib bermaydi-ku, demoqchi.
Lolaxon, to'g'ri aytasiz, barcha siz aytmoqchi bo'layotgandek, “sevib, sevilib…” yashaydi. Biroq ular shaxsiy hayotining eng nozik qirralarini butun dunyoga namoyish qilmaydi. Bu “sharmandagarchilik” deb atalishiga aqli yetadi. Shu xatti-harakati bilan jamiyatda behayolikni avj oldirishga hissa qo'shib qo'yishi mumkinligidan cho'chiydi. Eng kamida esa UYaLADI!
Xudoyimning o'zi sizga insof bersin!