Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

Lola badaniga chizdirgan "Tattoo"ni qanday izohlaydi?

Lola kutilmagan yangilikni sinab ko‘rishdan qo‘rqmaydi. U odamlarni hayratga solishni biladiganlar toifasidan. Faqat zamonaviy raqsga tushishni biladi deb turgan mahalingiz, milliy libosda Tamaraxonumdek jilolanib, raqsga tushishni ham uddalaydi (uning so‘nggi yakkaxon konsertini eslang!).
Rayhonning konsertida kutilmaganda sahnada paydo bo‘ldi-yu, ommani lol qoldirdi. U o‘ta zamonaviy libosda va badaniga chizdirilgan naqshli yozuv bilan ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokama sababchisiga aylandi. Axir, bu shou-biznes! Bu shou orqali hayratlantirish demak! Qisqa savol-javob sizni qiziqtirgan noaniqliklarga oydinlik kirtishiga umid qilamiz.
-Lola, har doim musiqiy chiqishlaringizda nimalardir o‘ylab topasiz. Bu gal ham shunday bo‘ldi...
-Men nimanidir o‘ylab topmayman. Epotaj bo‘lish xayolimda ham yo‘q. Qo‘shiq kayfiyati, holatiga qarab, obrazda bo‘lishni sahna talab etadi. O‘ylaymanki, yangi imijim tomoshabinlarga yoqdi. Yoqmagan bo‘lsa, bunga ham qarshiligim yo‘q. Axir, hammaning ko‘nglini birdek ololmaysan!?
-Rayhonning yangi konserti haqida yangi fikrlaringiz?
-Avvalambor, Rayhonni chin dildan tabriklayman. Uning uzoq kutilgan konserti muxlislarining sog‘inchiga munosib tuhfa bo‘ldi. Nihoyat,  egizaklarining yuzini ko‘rishdi. U bugun sahnada baxtli ayol, baxtli ona sifatida gavdalandi! Rayhon juda mehnatsevar xonanda.  Xamma narsaga o‘z intilishi, zahmatlari evaziga erishgan. U kuchli ayol. Muxlislarini har doim rang-barang shou bilan xursand qiladi. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Sahnada ortida ham, zalda ham tomosha qildim. Effektno!
-Shoudan nima o‘rgandingiz?
-Men shouni analiz qilmadim.  Shunchaki madaniy hordiq oldim!
-“Ko‘nikmadim” – birinchi kuylanishidanoq tillarga tushdi. Rayhon va Lola – ilk duetdosh bo‘lgani omma uchun ajoyib yangilik bo‘ldi. Duet esa haqiqatan shov-shuvli! Qo‘shiq muallifi Rayhonmi?
-Uni “Benom” yigitlari bilan birga yozdik. Biroq, qo‘shiq mukammal bo‘lishi uchun o‘z “yarmi”ni kutdi. Rayhonsiz bu qo‘shiqqa, “Ko‘nikmadim”ga omma ko‘nikmas edi! 27-fevral kuni barcha radioto‘lqinlardan premera qilamiz. Keyinroq klip suratga olamiz!
-Konsertdagi ko‘rinishingizni “juda ochiq libosdagi Lola” deya tanqid qilishayotganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Sizning fikringiz?
- Didimga mos tarzda kiyindim. O‘zimga yarashmagan ishni qilmadim deb o‘ylayman! Tanqidlar har doim bo‘lgan. Demak, hech kimni befarq qoldirmabdi! Bildirilayotgan har bir fikrni hurmat qilaman.
-Badaningizga chizdirilgan “tattoo”-chi? (Har holda, omma shunday deb o‘ylayapti!)    
-Tatuirovkaga juda o‘xshaydi-ya?! Yo‘q, bu badan terisiga bir umrga tushirilgan yozuv emas. O‘chib ketadigan bo‘yoq bilan chizilgan. Umuman olganda, qanday kiyinish va nima qilishimdan qat’iy nazar, vijdonimga xilof ish qilmayman. Streotip bo‘yicha yashamayman! Men buni targ‘ib qilmoqchi emasman. Har kim o‘ziga yoqqan va ma’qul kelgan ishni qiladi. Aytishadi-ku, birovni muhokama qilma va seni ham muhokama qilishmaydi. Shu fikrga amal qilaman!
-Omadingizni bersin!
-Rahmat.
J.HAMROYEV


Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 23060 | Комментарии: 15 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 15
Nodirbekk gunox unga senlarga emasku wuncaki ozi xoxlagan iwni qildi u senlarga nima
Aloh ni nazariga tuwgan bolsa senlar uni ciqarib yuborolmaysanlarku. undan kora xamang ozingni bil
aval ozinga boq keyin nagora qoq.
Like | 0
DJ_Jasur Omad yor bölsin
Like | 0
2336278 Lola o'zinga ehtiyot bol. Chunki uzbda oriyati bor erkaklar xali xam bor.
Like | 0
nelly96 Omad
Like | 0
Guli пишет: | 28.02.2015 | 23:58 #11 Страница с комментарием
guli101192 Odamning oziga havola
Like | 0
19_beck_88 shunaqalani eri, akasi yoki otasi rashk qilmasmikin????????????
Like | 0
samiya Lola Sizni bunde kiyim kiyishingizni hayolimga ham kelmagandi. Siz qanchalik mashhur bo'meng uzbeksiz qolabersa muslima ayolsiz. Allohni unutib qoymeng. Allah sizni qo'llagani uchun Lola bolib xalqni e'tiboridasiz Allah sizni unutib qo'yishidan qo'rqing. Allahim sizni af etsin. Barchamiz barchamizni Alloh ni huzuriga yorug' yuz bn borishni nasib etsin.
Like | 0
adda5566 tattoo dep yozish shartmasdi tatuash desa bo'ladiyu
Like | 0
19_beck_88 xarkim o'ziga yoqqan ishni qiladi deb o'ylaganlar oxiratni unutganlar
Like | 0
abbos1996 Bunaqa kiyiniw o'zbek ayoliga yarashmaydi!
Like | 0
Jasur7072 Lolaga omad.
Like | 0
begim4155 inson oziga yoqgan narsani qiladi birovlarga yoqiw ucun emas
Like | 0
Dilya1983 Лолани жуда яхши кураман, унга ва Райхонга нежний булиш ярашади. Л.н бу либоси умуман мос эмас, шунака килса мухлисларининг ундан кунгли колишига сабаб булади! Оллохни хам унутма Лола!
Like | 0
ananasa Lolaga kiyimi yarawgann nu õzini hurmat qigan odam bunaqa kiyimlani kiymidiii
Like | 0
5913435 uyalmidiyam toba
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное