Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Leykoz, ya’ni qon saratoni sababi ma’lum bo‘ldi


Amerikaning Kold Spring Xarborda joylashgan laboratoriya tadqiqotchilari o‘tkir mieloid leykoz rivojiga olib keluvchi ikkita nuqsonli hujayra mutatsiyasini aniqlashdi, deb xabar beradi «MedicalXpress».

Laboratoriya professori Adrian Kreyner o‘tkir mieloid leykozga IDH2 va SRSF2 genlar mutatsiyasi turtki bo‘lishini aytdi. Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, bu mutatsiyalar bemorga saratonni yengishda zarur bo‘ladigan eritrotsit va leykotsitlarda ilik hujayralar yetilishiga to‘sqinlik qiladi. Ayni vaqtda laboratoriyada qon saratonini davolashga yordam beradigan yangi dori yaratishga harakat qilinmoqda.

Bu tadqiqotgacha olimlar IDH2 va SRSF2 genlari faqat saraton alomatlariga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblashgan. Biroq endi kasallikning kelib chiqishiga genlar sababchi ekaniga ishonchlari komil. Kreyner endi jarayonga shifokorlar ham aralashib, kasallikning rivojlanishini to‘xtatishga urinib ko‘rishlari mumkinligini qo‘shib qo‘ydi.

O‘tkir mieloid leykoz — xavfli qon saratoni bo‘lib, bunda o‘zgargan oq qon tanachalari jadal ko‘payadi. Kasallik tez charchab qolish, vaqti-vaqti bilan terining jarohatlanishi, infeksion shikastlanishlar orqali namoyon bo‘ladi. O‘tkir mieloid leykoz davolanmasa, bir necha hafta yoki bir necha oyda bemorni hayotdan olib ketadi.



Manba:xabar.uz
Категория: SOG'LIK
Просмотров: 3414 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ma’lum bo‘ldi, sababi, Leykoz, qon saratoni, ya’ni
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное