Koronavirusga chalinganlarning 4 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda
Ma’lumki, 25 mart holatida koronavirus bilan kasallanganlar soni 55 tani tashkil etmoqda. Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovga ko‘ra, yurtdoshlarimizdan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Eslatib o‘tamiz, infeksiya aniqlangach. yurtimizda qat’iy choralar ko‘rilishi boshlandi. Jumladan, faqat oziq-ovqat sotadigan muassasalar, tibbiyot muassasalari ochiq qoldirildi, Toshkent shahri izolatsiyaga olindi.