Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Koronavirusdan birdamlik qutqaradi!

Koronavirusning o‘chog‘i bo‘lmish Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida koronavirus qanday chekindi? Aholisi eng ko‘p va zich mamlakat hisoblangan Xitoy katta talafot ko‘rishi, o‘lim soni keskin ko‘payishi ehtimoli yuqori bo‘lgan bir paytda, ofatni qanday yengib o‘tdi?

Bu haqda OAVlar orqali tinimsiz ma’lumotlar tarqalmoqda.  Ular avvalo gigienaga qattiq rioya qilishgan, hatto bozordan olib kelgan mahsulotlarini yuvib ishlatishgan. Spirtli ichimliklar ishlab chiqaradigan zavod yoki hokimiyat oilalarga bir litrlik idishda spirtni tekin tarqatgan va bu spirt bir oyga yetgan. Hatto oyoq kiyimlarining tag qismini spirtda artib tashlashgan. Ko‘chada kiyib kelgan kiyimlarni alohida joyga ilishgan, ko‘p hollarda tashqariga chiqarib qo‘ygan. Ko‘ngillilar brigadasi tuzilgan. Ya’ni, qizil belbog‘li odamlar karantindagi odamlarga ovqat tashib turishgan, eshik ortiga qo‘yilgan chiqindilarni olib ketishgan. Immunitetni mustahkamlash uchun zanjabil, asal va limon choy ichishgan. Hushyor qo‘shnilar, faollar, ko‘ngillilar «josus»ga aylanishgan.

Karantindagi odamning ko‘chaga chiqishi, sog‘lom odamlarning niqobsiz ko‘chada yurishi uchun «josus»lik qilishgan. «Aybdorlar» ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ko‘ngillilar tekinga ishlashgan. Qo‘shimcha kasalxona, shifoxona quruvchilar hatto oyliklaridan voz kechishgan. O‘sha yerda yashayotgan musiqachi Andrey Guzeyev esa xonadonlarga o‘sha hududning mas’ul shaxslari (ya’ni mahalla tizimiga o‘xshash tizimda ishlaydigan xodimlar) medisina spirtini tekin tarqatganligini aytadi.
Ko‘ngillilar brigadalari tuzilgan. Virusga qarshi kurash fondiga odamlar mablag‘ o‘tkazishgan, shifokorlar fondiga pul yuborishgan. Spirtli salfetkalar liftlarning va eshik tutqichlarining oldiga tekinga qo‘yib qo‘yilgan va ko‘chadan kelgan odam eshik tutqichini, lift tugmachasini barmog‘i bilan emas spirtli salfetkalar bilan ushlab kirgan. Aholini to‘xtovsiz yangiliklar, ehtiyot choralari bilan xabardor qilib borish maqsadida ko‘ngillilar onlayn muloqotda faol bo‘lishgan. Hatto bu yerda polisiyalar ham sergak turishgan. 14 kun davomida karantinda bo‘lishi kerak bo‘lgan odamlarning eshigi tagida qo‘riqchi bo‘lgan. Bu jarayon «videokuzatuv» punktlarida soqchilar va hushyor qo‘shnilar tomonidan nazorat qilib borilgan.
Polisiya hatto shaharga kiradiganlarni nazorat qilib turgan. Agar biror odam o‘zini noxush his qilsa, albatta, shifokor yoki ko‘ngillilardan biri bilan shifoxonaga kuzatib borilgan. Xitoyliklar koronavirusga qarshi kurashga katta mablag‘ ajratgan, ammo aholi ham mablag‘ tomonidan hissa qo‘shishgan. Virusga qarshi kurash fondiga odamlar mablag‘ o‘tkazishgan, shifokorlar fondiga pul yuborishgan.
Bizda-chi? Avvalo odamlar o‘z g‘ami bilan ovora, viloyatlarga ketadigan talabalar uchun yo‘l kira 2-3 barobar oshib ketdi. Dorixonalarda niqoblar qammatlashdi, antiseptik vositalarga talab kuchaydi, bir paytlar bir bog‘i 3 ming bo‘lgan isiriq 20 mingga chiqdi... Hamma birovga yuqtirish emas, o‘zini o‘zi asrash bilan ovora. O‘ziga yuqmasa bo‘ldi. Axir kimdir ortig‘i bilan uyiga g‘amlab olayotgan niqobi tufayli yana kimdir ko‘chada niqobsiz yuradi va kasali bo‘lsa yuqtiradi. 70 ming so‘mga sarimsoq piyoz olishni istamagan odam immuniteti pasligi uchun kasal bo‘ladi va hatto vafot etishi, eng achinarlisi, boshqalarga yuqtirishi mumkin. Axir mana shu vositalar bizni bu kasallikni yengib o‘tishimizga katta yordamchi ekan, birlashmaymizmi? Axir bu kasallikka faqat birdamlik va hamjihatlik orqali davo topish mumkinligini Xitoy misolida ko‘rib turibmiz.
Mayli tekinga tarqatishni aqlimizga sig‘dirolmas ekanmiz, o‘z narxida sotmaymizmi? Birov puli bo‘lmagani uchun, birov topolmagani uchun o‘sha narsadan foydalana olmasligi va bu kasalliknin yuqtirish ehtimolini kuchaytirish oqibatda bu odamlar yana boshqalarga yuqtirishi mumkinligi nahot hech kimni tashvishga solmaydi?!
Mayli siz otingizni qamchilab fursatdan foydalanib sarimsoqpiyoz, isiriq, niqob kabi ashyolarni, yo‘l kirani 10 baravar qimmat qilib boyib ketarsiz yoki faqat o‘zingizni o‘ylab,  bir quti niqobni ortingizda navbat kutib turganlarga ilinmay olib qo‘yarsiz, ammo yurt katta yo‘qotishni boshidan o‘tkazsa, siz ham o‘sha yo‘qotishga hissa qo‘shganingizni anglayapsizmi?
Talonchilik, ya’ni o‘z hamyurtingni boshiga ko‘rgulik tushganida uni talash — bu virusdan ham qo‘rqinchli epidemiya, shuni unutmang.


Manba:xabar.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4348 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Koronavirus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное