Koronavirus tufayli ertadan boshlab maktablarda reydlar o‘tkazilishi rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda «Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ertadan boshlab maktablarda reydlar o‘tkaziladi. Maktabda qo‘shimcha darslar yoki to‘garaklarda ishtirok etayotgan o‘quvchilar aniqlansa, maktablar jarimaga tortiladi», degan xabar tarqalmoqda. Bu kabi ma’lumotlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz. Hozirgi kunda maktab o‘quvchilari ta’tilda. ‼Vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud‼ Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (https://lex.uz/docs/111453). Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.