Shifokorlarning qat’iy ta’kidlashicha, respiratorlar (zaharli gazlar, virus hamda infekSiyalardan himoya qiluvchi vositalar, ya’ni niqoblar) soqolli odamlarni ishonchli himoya bilan ta’minlamaydi, deb xabar beradi “Korrespondent”. “Esingizda bo‘lsin, respirator soqoli olinmaganlarni yoki soqollilarni ishonchli himoya qila olmaydi. Vaholanki bunday payta niqob burun va og‘izni butunlay yopmaydi”, deyiladi xabarda. Ukraina sog‘liqni saqlash markazi tomonidan qayd etilishicha, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga mamlakatda tibbiy yordam ko‘rsatishda shifokorlar FFP2 dan past bo‘lmagan himoya sinfidagi respiratordan foydalanishlari tavsiya etilmoqda, chunki ular yuqori sinfdagi respirator kabi qattiq va suyuq nozik aerozollardan maksimal darajada himoya qiladi. Shu bilan birga, aholiga nafas olish kasalliklaridan, xususan, COVID-19 dan himoya qilish uchun FFP2 / FFP3 respiratorlarini taqish ham tavsiya etilmaydi, chunki bu respiratorlar yuqtirilgan odamlarga yordam ko‘rsatadigan tibbiy xodimlargagina mo‘ljallangan.