Koreyadagi O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi
Kecha Koreyadagi chet yel fuqarolari ichida koronavirus holatlari haqida maqolada e’lon qilindi.
Xabar.uz'ning yozishicha, Koreyadagi o‘zbekistonliklar uchun yangiliklar berib boradigan telegram kanalining xabar berishicha, maqolada koronavirus bilan kasallangan jami 60 chet el fuqarosi borligi aytilgan.
Shular orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi ham keltirilmoqda. Hozircha bemor haqida batafsil ma’lumot berilmagan.