Xalqaro qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarosi Irkutskda qo‘lga olindi
Irkutsk viloyati Zalarinsk tumani huquq-tartibot idoralari xodimlari, mamlakatlararo qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Irkutsk viloyati IIB matbuoti xizmati xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, o‘z mamlakatida katta miqdordagi o‘g‘riliklarni sodir etgan va jinoyati fosh bo‘lgach, qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiya IIV Zalarinsk tumani bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro yog‘ochni qayta ishlash korxonasida turli xil ishlarni bajarib yurganini aniqladi.
Hozirda hibsga olingan shaxsning O‘zbekistonga jo‘natilishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.