Kecha 130 kishida koronavirus aniqlandi
Koronavirus: Kunlik ko‘rsatkichlar soni ortdi, Toshkent shahrining o‘zida kasallanganlar yana 100 nafardan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2022-yil 9-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 130 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Jizzax, 4 nafari Qashqadaryo, 2 nafari Namangan, 7 nafari Samarqand, 1 nafari Sirdaryo, 2 nafari Surxondaryo, 2 nafari Farg‘ona, 2 nafari esa Xorazm viloyatida, shuningdek, 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib o‘tish mumkin, 8-dekabr kuni 122 kishida koronavirus aniqlangan edi.