“Kasperskiy Laboratoriyasi”: Mobil viruslar soni 3 barobarga oshdi
2015 yilning 2-choragida “Kasperskiy Laboratoriyasi” mutaxassislari mobil telefonlar uchun mo‘ljallangan 300 mingga yaqin yangi virusni aniqlashdi. Bu joriy yilning 1-choragiga nisbatan 3 barobarga ko‘p.
Hozirda mobil viruslar ichida eng xavflisi bank troyanlari hisoblanmoqda. Misol uchun, mutaxassislarning tekshiruvlari OpFake virusi 114 dona bank hamda moliyaviy ilovalarni buza oladi. Ushbu virus joriy yilning birinchi choragida 29ta ilovaga zarar yetkaza olgan.
Mobil bank troyanlarining tarqalish tezligi borasida Koreya yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni Rossiya egallagan.
“Kasperskiy Laboratoriyasi” 2015 yilning 2-choragida dunyo bo‘ylab umumiy hisobda 380 mln virus hujumini bartaraf etgan. Bu hujumlarning yarmi Rossiya hududidan amalga oshirilgan.