2015-yilda tovlamachi dasturlar qurbonlari soni 1,7 marta o‘sdi
“Kasperskiy Laboratoriyasi” ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 12 oy ichida tovlamachi dasturlar hujumiga uchragan foydalanuvchilar soni 1,7 marta o‘sgan, deya xabar bermoqda “Infocom.uz”. O‘zbekiston ushbu xavf bilan to‘qnash kelgan mamlakatlar o‘nligida 8-o‘rinni egalladi.
Bunday dasturlar qurilmaning normal ishini bloklab yoki foydalanuvchi ma’lumotlarini shifrlab qo‘yib, unga kirish imkoniyatini qayta tiklash uchun foydalanuvchidan pul to‘lashni talab qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy foyda keltiruvchi ushbu xususiyati tufayli u yovuz niyatli kishilar orasida ommabopdir.
Android-qurilmalar uchun birinchi tovlamachi dastur 2014-yildagina paydo bo‘ldi, 2015-yilda esa bunday dasturlar ishtirokidagi barcha hujumlarning 17 foizi aynan shu mobil platformaga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, o‘tib borayotgan yilda Linux uchun birinchi tovlamachi dastur aniqlandi.
Eng ko‘p o‘sish shifrlovchi dasturlarda kuzatildi — 2015-yilda ular bilan o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 marta ko‘proq foydalanuvchilar to‘qnash keldi.