Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Merlin-Soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Karina: “opamni yolg‘izlatib qo‘ymayman!”

Karina Kapur Xon. Bollivudning eng qaysar va cho‘rtkesar aktrisasi. O‘zining ijodiy imkoniyatini hamisha yuqori baholaydi, yon-atrofdagilarga bo‘lgan munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishni ma’qul ko‘radi.

Karina Kapur 1980 yil 21 sentyabrda tug‘ilgan. Bobosi Raj Kapur, otasi Ranxir Kapur, onasi aktrisa Babita Kapur. Opasi Karishma Kapur 90- yillarning super yulduzi bo‘lgan.  Karina karerasini 2000 yilda boshlagan. U  2012 yil 16 oktyabrda aktyor Saif Ali Xon bilan turmush qurdi.
— Karina, ishtirokingizdagi “Bajrange og‘a” filmining muvafaqqiyatiga ishonganmidingiz?
— Bu kartina yaxshilik va yaxshi odamlar haqida. Avvalo Salmonning obrazga nisbatan munosabati va ijrosiga tan berish kerak. Aynan shu roli uchun unga milliy mukofotni berishlarini chin dildan istardim.
— Filmda sizning qahramoningizga u qadar katta o‘rin berilmagan?
  • Men so‘nggi yillarda boshqacha o‘ylay boshladim. Ya’ni rolning katta-kichigi bo‘lmaydi, shunchaki, katta va kichik aktyorlar bo‘ladi. To‘g‘ri, avvalgi filmlarimdagidek ushbu kartinada mini-yubkalarda kutilmagan harakatlarga asoslangan raqslarni ijro etmadim. Lekin o‘zim istagan qahramon bilan yuzlashdim.
— Aytgancha, Karishmaning rejalari bilan qiziqasizmi? 
Albatta! Hozir u asosiy vaqtini farzandlariga sarflayapti. Chunki ayni paytda u bolalarining yonida bo‘lishi shart. Kichik o‘g‘li endi uch yarim yosh bo‘ldi.
— Ayni paytda opangiz yolg‘iz. Unga ko‘proq kim g‘amxo‘rlik qiladi?
— Hech qachon uni yolg‘iz qoldirmaymiz. Farzandlarini sevamiz, o‘zini qadrlaymiz. Turmush o‘rtog‘im Saif u bilan yaqin do‘st. Lolo (Karishma) bizdan ikki uy narida turadi, tez-tez uchrashib, xabarlashib turamiz.
— Odamlar siz va Saif Ali Xonning nikohiga shubha bilan qarashgan, hatto bir yildan ortiq birga yashamaydi, deganlar ham bo‘lgandi...
—(kulib) ... Lekin turmush qurganimizga mana uch yil bo‘ldi va biz birga yashayapmiz. O‘rtamizdagi ishonchni, muhabbatni mustahkamlash o‘z qo‘limizda. Saif mening erkin hayotimga daxl qilmaydi. U aqlli erkak.  Istaklarimni hurmat qiladi, qadrlaydi. Men ham uning munosabatiga munosib javob qaytaraman. Hozir “Ki va Ka” filmining suratga olish jarayonlari bilan bandman. Ishim nihoyasiga yetgach, do‘stlarim bilan Barselonaga sayohat qilmoqchimiz. Bu istagimdan albatta turmush o‘rtog‘im xabardor.
— Saifning farzandlari bilan munosabatlaringiz qanday?
— Birovlar o‘ylagandek yomon emas, albatta (kulib). Munosabatlarimiz men kutganimdan ham yaxshi. Ibrohim ham, Sora ham ajoyib bolalar. Ular mehribon, qiziquvchan. Ayniqsa Sora bilan juda yaqinmiz. U sirlarini men bilan bo‘lishadi. Yaxshi tarbiya uchun ularning onasi Amrita Singxga rahmat aytaman.
— O‘zingiz qachon farzand ko‘rishni rejalashtirayapsiz?
— Hozir emas! Ona bo‘lishga hali ruhan tayyor emasman. Ikki yil o‘tib balki bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rarman.
— Vaqt bilan hisoblashmaysizmi?
— Ayol kishi 40 yoshiga qadar farzand ko‘rish imkoniga ega. Demak menda hali vaqt yetarli. So‘zsiz o‘z bolalarim bo‘lishini istayman. Men hamisha hoxlaganlarimga erishganman. Aktrisa bo‘lishni istardim, orzularim ushaldi. O‘zim yaxshi ko‘rgan odamga turmushga chiqdim, o‘zimning uyim bor... Demak qolgan niyatlar ham sekin-asta amalga oshadi, bunga ishonaman.
Kutilayotgan premeralar
SONAM UChUN MAXSUS LIBOSLAR
“Bajrange og‘a”  kartinasidagi omadli ishitirokdan keyin Salmon Xon yana bir katta premeraga hozirlanmoqda.
Rejissyor va ssenarist Suraj Barjatyaning navbatdagi kartinasi “Tutqich bermas Prem” oilaviy melodramma deya e’tirof etilmoqda. Kutilayotgan kartina qirollik oilasi haqida hikoya qiladi. Salmon Xon filmda ikkita -  Shahzoda Prem ham jangari Vijay obrazlarida namoyon bo‘ladi. Filmda shuningdek, Sonam Kapur, Anupam Kxer, Nil Nitin Mukesh kabi kinoyulduzlar ishtirok etgan. Sonam Kapur talqinidagi qahramon uchun tanlangan milliy liboslar, shuningdek, kartina uchun Ximmesh Rishamiyaning musiqalari ham alohida e’tiborga loyiqligi aytilmoqda.  “Tutqich bermas Prem”  filmining premerasi joriy yilning 12 noyabriga rejalashtirilgan.
“Bajirao va Mastani” “Devdas”dek bo‘la olarmikan?
Sanjay Lila Bxansalidan yana bir shov-shuvli taqdimot kutilmoqda. Film “Bajirao va Mastani” deb nomlanadi...
Dastlab rejissyor bosh qahramonlar uchun Karina Kapur hamda Rani Mukerjini tanlagan edi. Ammo vaqt o‘tib bosh qahramonlar uchun nomzodlar o‘zgardi. Filmda bosh rollarni Ranvir Singx, Dipika Padukoni, Priyanka Chopralar ijro etadi. Ekranda Bajirao – Ranvir Singx talqinida gavdalanadi. Uning birinchi rafiqasi Kashibayni  Priyanka Chopra, ikkinchi rafiqasi Mastanini Dipika Padukoni ijro etgan. Tarixiy drama janridagi ushbu film dekabr oyining ikkinchi yarmida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda. 
Eslatib o‘tamiz, rejissyorning “Devdas”, “Zulmat” kabi kartinlari dunyo kinosida o‘ziga xos nufuzga ega.
Sevdo tayyorladi


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 10847 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Karina Kapur, Karina Kapoor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
sakora Ajoyib aktrisa. Oilaviy baxt.
Like | 0
Davron099 Sizga ozi kim yoqadi
Like | 0
Dilso'z пишет: | 29.10.2015 | 21:25 #1 Страница с комментарием
omina1710 Karinani filmlari menga yoqmidi filmlarni bachkana o'ynaydi, o'ziga yarashmidi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное