Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Juftingizning muhabbati haqiqiyligini anglatuvchi 8 belgi

Sevgan insonining o‘ziga nisbatan bo‘lgan his-tuyg‘ularini, ularning qanchalik samimiyligini bilish har bir ayol uchun juda qiziqdir. Quyida keltirilgan holatlar yillar davomida hayotiy tajribalardan kelib chiqib, sinalgan belgilardir. Ularning 99 foizi haqiqatga yaqindir. Marhamat, ular bilan tanishing.
1. U xudbin bo‘lmaydi
U xudbin bo‘lmaydi, chunki muhabbat tangosini ikki kishi ijro etishini yaxshi biladi. Sizga yoqqan narsalarga befarq bo‘lmaydi, xursandchiligingizdan u ham quvonchga to‘ladi. O‘z huzur-halovatini birinchi o‘ringa qo‘ymaydi.
2. Xatolardan asraydi
Noto‘g‘ri qaror chiqarib, biror xatolikka yo‘l qo‘yayotganingizni ko‘rsa, bundan ko‘z yumolmaydi, aksincha kamchiliklaringizni ko‘rsatib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Chunki siz u uchun hammadan ham aziz insonsiz.
3. Go‘shakni ko‘tarmasangiz turli shubha-gumonlarga bormaydi
U sizni qattiq sevganidan turli shubha-gumonlarga bormaydi, sizga ishonadi. Go‘shakni ko‘tarmaslik uchun arzirli sabab borligini tushunadi. U sizning vaqtingizni ham qadrlaydi!
4. Kasal bo‘lganingizda g‘amxo‘rlik qiladi
Siz dard cheksangiz, uni ham joni og‘riydi. O‘zingizni yaxshi his qilishingiz uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. Doktor chaqiradi, ovqat yeyishingizni, dori ichishingizni nazorat qiladi. Bu ishlarni sizda katta taassurot uyg‘otish uchun emas, chin dilidan bajaradi.
5. Har doim fikringizni qo‘llab-quvvatlaydi, hurmat qiladi
Sizni haqiqatan ham sevgan odam har qanday vaziyatda fikringizni qo‘llab-quvvatlaydi, ularga qo‘shilish-qo‘shilmasligidan qat’i nazar qaroringizni hurmat qiladi.
6. Sizni baxtli ko‘rish uchun har qanday mayda-chuydalarga e’tiborli bo‘ladi
Maktub yozish, qo‘lingizdan tutish, ishga ketish oldidan yonog‘ingizdan o‘pib qo‘yish shunchaki mayda-chuyda narsalar bo‘lib tuyulishi mumkin. Aslida esa balandparvoz gaplardan ko‘ra, ular ko‘p narsani anglatadi. Bir lahzalik voqealar bilan xotirada qolish haqiqiy muhabbatning belgisidir.
7. Sizni diqqat bilan tinglaydi
U sizning zerikarli suhbatingizni ham jon qulog‘i bilan tinglaydi. Suhbatni qulay tarzda davom ettirishingiz uchun bosh qo‘yishga yelkasini tutadi.
8. “Seni sevaman” deyishdan qo‘rqmaydi
Uning hayotida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligingizni, sizni juda sog‘inayotganligini, sizsiz zerikayotganligini tan oladi. “Seni sevaman!” deb baralla aytishdan qo‘rqmaydi.



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 47589 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Muhabbat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
matlyuba99 :(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное