Jirkanch jinoyat: Toshkentda 3 oylik chaqaloq 5 ming dollarga narxlandi
Toshkent shahar IIBBga murojaat qilgan ayol, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Natalya F. o‘zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSh dollariga sotayotganini ma’lum qildi. Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari prokuratura xodimlari bilan birgalikda tezkor tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirdilar. Natijada, Natalya F. u bilan birga yashovchi 24 yoshli Aleksandr Z. chaqaloq evaziga pul olayotganlarida qo‘lga olindilar. To‘plangan materiallar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirildi.