Jennifer Lopes sahnaga “jonli” ko‘ylak kiyib chiqdi (video)
American Idol shousida xonanda Jennifer Lopes o‘zining g‘ayrioddiy ko‘ylagi bilan muxlislarni lol qoldirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Feel The Light qo‘shig‘ini ijro etish chog‘ida uning 6 metrlik oq ko‘ylagi proyektorga aylandi va unda suratlar ko‘rsatila boshlandi: yulduzli osmondan tortib multfilm qahramonlarigacha.