Serqirra ijodkor Javlon Shodmonov yangi film ustida ish boshlagani haqida ma’lum qilgan edik. Ishchi nomi “Tabib” bo‘lgan mazkur kinofilmning ayni damda suratga tushirish jarayoni yakunlandi va dublyaj ishlariga start berildi.
Bu kartinada Murod Rajabov, Shukurillo Isroilov, Hosiyat Husanova, FeruzaNormatova, Dilshod Mirzamurodov, shuningdek Javlon Shodmonovning yangi loyihasi hisoblanmish Marokand vokal-cholg‘u ansambli solistlari ishtirok etishgan. Marhamat suratga olish jarayonidan taqdim etilgan fotosuratlarni tomosha qiling va yangiliklarni kutib qoling.