Jasur G‘oipov tavallud kunida muxlislarga sovg‘a ulashdi
Yangidan-yangi qo‘shiqlar ketma-ketligini taqdim etishdan charchamaydigan Jasur G‘oipov uchun bugun o‘zgacha kun. Bugun yoshlarning sevimli xonandasiga aylanishga ulgurgan ijodkorning tavallud kunidir.
Avvalo, saytimiz jamoasi nomidan Jasur G‘oipovni tug‘ilgan kun bilan muborakbod etgan holda, xonandaga ijodiy yutuqlar tilab qolamiz. Xonanda yaqindagina ijodidagi yangi taronani taqdim etib, hali ommalashib ulgurmasdan bugun yana bir tuhfa bilan o‘z tavallud kunida muxlislarini xushnud etmoqda.
"Sog‘inaman" deya atalgan qo‘shiq "O‘zbegim Taronasi" radiosi orqali ilk bora jarang sochdi. Bu taronani yozishda Jasur G‘oipov iste’dodli ijodkor Bobur Umarov bilan hamkorlik qilgan. Sokin yo‘nalishdagi ijod namunasi FM 101.00 tinglovchilariga bugungi tumanli ob-havo sharoitida yanada romantik kayfiyat bahsh etgan bo‘lsa, ajab emas.